SportUz.Net
photo photo

"Yolg'oning uchun yuzingni bejab qo'yaman" - Dvalishvili Nurmagomedovga murojaat qildi

02.11.2024 12:30    


Rasmni yuklab olish

Gruziyalik UFC chempioni Merab Dvalishvili rossiyalik Umar Nurmagomedovga murojaat qildi.

Umar Nurmagomedov avvalroq xitoylik Song Yadong dekabr oyida jang qilishni rad etgani haqida gapirgandi. 

"Umarning og'zidan chiqayotgan yolg'on gap-so'zlarga ishonmang. Yadong jangdan voz kechgani yo'q, u tayyor edi. Umar esa umuman imzo chekmagan. Yolg'on gapirishda davom et, axir sen birinchi raqamli bo'lish uchun qattiq ishlashing kerak. 

Og'zingdan chiqayotgan yolg'onlar uchun yuzingni bejab qo'yishni sabrsizlik bilan kutyapman", - deb yozdi Dvalishvili. 

Eslatib o'tamiz, Umar Nurmagomedov 14 dekabr kuni Yadong bilan jang qilishi kerak edi. Lekin xitoylik sportchining jarohati sabab ushbu bahs 18 yanvarga qoldirildi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: