SportUz.Net
photo photo

Rauntri Pereyraga qarshi jang haqida: "Nokaut payti ham baxtiyor edim"

02.01.2025 19:33    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vaznda UFC kamari uchun sobiq davogar Xalil Rauntri chempion Aleks Pereyraga qarshi o'tkazgan qonli jangini yana bir bor esga oldi.

Amerikalik aralash yakkakurash ustasi o'shanda braziliyalik raqibiga yutqazgandi. 

"Aleksga qarshi nafaqat jang qilish, balki sterdaun payti qarab turish ham juda mushkul edi. Lekin shuni bila turib, o'zim bu jangni so'rab olgandim. U katta yulduz. Aleks juda kuchli jangchi. Ishonasizmi, men nokaut holatimda ham baxtiyor edim. O'zim to'rt raund davom etgan jang davomida o'zimni shunday his qildim. CHunki, men o'zim istagan raqib bilan jang o'tkazgandim", — deya Rauntrining so'zlarini keltirdi MMAJunkie.

Eslatib o'tamiz, Pereyra va Rauntri o'rtasidagi jang AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida tashkil etilgan UFC 307 turniri doirasida o'tkazilib, braziliyalik chempionning to'rtinchi raunddagi nokautli g'alabasi bilan yakunlangan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: