Jons shu yilning 30 mart kuni tong sahar soat 4 da uyiga kelgan antidoping xodimasining telefonini olib qo'yib, uni haqorat qilgandi. Kamiga majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan amerikalik aralash yakkakurash ustasining bu qilmishi sudga oshirilgan edi.
CHempionning bu hatti-harakatlari bir yilgacha ozodlikdan mahrum etish va ming dollar miqdoridagi jarimaga sabab bo'lishi aytilgandi. Lekin yakunda sud Jonsdan barcha ayblovlarni olib tashladi. Ammo bir shart bilan. U qo'polligi va asablarini jilovlay olmasligi bo'yicha to'rt soatlik majburiy kursda "davolanadi".
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Jon Jons 16 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida o'tkaziladigan UFC 309 turnirida divizionning sobiq chempioni Stipe Miochichga qarshi oktagonga chiqadi. Bu jang Jon uchun faoliyatidagi so'nggisi bo'lishi mumkin.
ATFC 25. Humoyun To'xtamurodov ishtirokidagi jang birinchi raundning o'zida yakunlandi (VIDEO)