SportUz.Net
photo photo

3 nafar professional bokschimiz Rossiyada jang o'tkazadi

23.06.2021 16:00    


Rasmni yuklab olish

Joriy yilning 26 iyunida Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks bo'yicha o'tkaziladigan turnirda mamlakatimizning 3 nafar sportchisi ishtirok etadigan bo'ldi.

“Promotions” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur professional boks kechasining markaziy jangi ikkinchi yarim engil vaznda(59 kg) rossiyalik Mark Urvanov va venesuelalik Endjel Rodriges o'rtasida kechadi. Bu ikkala bokschi WBA yo'nalishi bo'yicha chempionlikka davogarlar qatoridagi o'rnini mustahkamlash uchun mushtlashishadi. 

Mamlakatimiz bokschilaridan SHukrulla Voxidov 61,2 kelogramm vazn toifasida ukrainalik iqtidorli bokschi Zoravor Petrosyanga qarshi ringga ko'tariladi. Aytish lozimki, qator promuoterlar tomonidan “kelajagi bor”lar safida etirof etilgan ukrainalik bokschi faoliyati mobaynida 11 ta jang o'tkazgan bo'lsa, barchasida g'alabaga erishgan. U faoliyati mobaynida bir marta o'zbekistonlik bokschi bilan, yani 2020 yilning iyul oyida hamyurtimiz Ravshan Umurzoqov bilan teng kurashlar ostida o'tgan jangda hakamlarning qarori asosida g'alabaga erishgan. Demak, SH. Vaxobovning oldida 8 raundga mo'ljallangan jangda nafaqat g'alaba qozonish, balki Umurzoqov uchun “qasos olish” majburiyati ham turibdi.

Yana bir bokschimiz farg'onalik Abbosxon Mirzaabdullaev rossiyalik Aleksandr Dorofeev bilan 4 raundlik jang o'tkazadi. Quqon boks maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Mirzaaxmedov boksdagi faoliyati mobaynida yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempioni va og'ir vaznda Osiyo chempionati g'olibligiga erishgan. Uning raqibi Dorofeev Rossiya chempionatining bronza medali sohibi. Professional boksda ikkita jang o'tkazib, ikkalasida ham g'oliblikka erishgan.

Ekaterinburg ringida o'z omadini sinab ko'radigan yana bir bokschimiz namanganlik Otabek Miraxmedov og'ir vaznda Georgiy Yunovidov bilan kuch sinashadi. 6 raundga mo'ljallangan mazkur uchrashuvda O'zbekiston chempionatlari sovrindori bo'lgan hamyurtimizning imkoniyatlari qay darajada ekanligini vaqt ko'rsatadi. Uning raqibi xususida shuni aytish lozimki, Yunovidov o'z vaqtida og'ir vaznda Rossiya chempionligiga erishgan, qator xalqaro turnirlar g'olibi, professional boksda bitta jang o'tkazib, unda xamyurti German Skobenkoni ochkolar hisobidamag'lub etgan.

Eslatib o'tamiz, Ekaterinburgdagi professional boks musobaqasi Rossiya vaqti bilan soat 17.00 da boshlanadi.

O'zbekiston professional Boks federaciyasi Matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: