
"Open Fighting Championship” turniri doirasida bo'lib o'tgan jangda hamyurtimiz ukrainalik Bogdan Kotlovyanovga qarshi oktagonga ko'tarildi. Uch raundga mo'ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi.
Yurtdoshimiz ilk raundda raqibini bo'g'ish usulida mag'lub etdi va jangni muddatidan oldin o'z foydasiga hal qildi.
"Sport TV" telekanali xodimining www.olamsport.com saytiga malum qilishicha, jang bugun 21:55dan so'ng yozib olingan holatda namoyish etiladi.
SHarabutdin Ataev Toshkentdagi chempionlik haqida: "Ikki yil oldingisi ancha yorqin va qimmatli edi"