SportUz.Net
photo photo

Nikita Krilovning navbatdagi raqibi va jang sanasi elon qilindi

17.10.2024 17:39    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Nikita Krilovning keyingi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

U 17 noyabr kuni Nyu-Yorkda tashkil etiladigan UFC 309 turniri doirasida hamyurti Azamat Murzakanov bilan jang qiladi.

Krilov uchta g'alabali seriyani qayd etgan holda yarim og'ir vazn reytingida ettinchi o'rinni egallab turibdi. U oxirgi jangini 2023 yil mart oyida o'tkazgandi.

Murzakanov esa 2022 yil mart oyidagi debyutidan keyin ketma-ket to'rtta g'alabaga erishdi. U ayni damda reytingning 11-o'rnida joylashgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: