SportUz.Net
photo photo

Vladimir Klichko: "Men World Boxing va uning prezidenti Boris van der Vorstni qo'llab-quvvatlayman"

17.10.2024 16:30    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko World Boxing tashkilotini qo'llab-quvvatlagan.

"Boks Olimpiada dasturidagi eng ajoyib va eng qadimiy sport turlaridan biridir. 1996 yilgi Olimpiadachi sifatida shuni aytmoqchimanki, boks 2028 yilgi Los-Anjeles o'yinlarida saqlanib qolishi kerak.

Boks ajoyib sport turi bo'lib qolmoqda. U sportchilarning xilma-xilligi va musobaqada ishtirok etuvchi davlatlar soni bo'yicha Olimpiya Xartiyasi talablariga javob beradi.

Men World Boxing va uning prezidenti Boris van der Vorstning ushbu maqsadga erishish yo'lidagi say-harakatlarini qo'llab-quvvatlayman. Ishonamanki, ular bokschilarning Olimpiada orzularini amalga oshira oladi", dedi Klichko.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: