SportUz.Net
photo photo

Blaxovich Teysheyrani mag'lub qilish uchun qanday tayyorlanayotganini aytdi

22.06.2021 10:40    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vazn chempioni Yan Blaxovich Glover Teysheyraga qarshi nima kutayotgani haqida gapirdi.

"Menimcha, Teysheyra meni parterga yiqitishga urinadi. Jang davomida boks usullarini qo'llab, "setka" yoniga olib borib, shundan so'ng teykdaun amalga oshirishga urinadi.

Mening rejam esa, jangni butunlay oyoqda, "stoyka"da o'tkazish. Men uni nokaut qilishga bor etiborimni qarataman. Nokaut qiladigan kuchim Teysheyranikidan anchagina kuchli. Albatta, men jui-jitsuga ham tayyor bo'laman", -deydi Yan Blaxovich.

Eslatib o'tamiz, Yan Blaxovich mart oyida ikki vaznda chempion bo'lishni niyat qilgan Israel Adesanyani mag'lub qilib, o'z vazniga qaytarib yuborgandi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: