SportUz.Net
photo photo

Ramazon Temirov keyingi jangini qaysi oyda o'tkazishini aytdi

15.10.2024 12:18    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov 2025 yil boshida oktagonga qaytadi.

U yanvar oyida jang qilish niyatida.

"Bu jangimdan oldin dunyo reytingida 80-o'rindan pastda edim. Raqibimni yutganimdan keyin Top-20 talikka kirdim. Yaqin kunlarda keyingi jangim sanasi aniq bo'ladi. Yanvar oyiga rejalashtirishyapti. Bu yog'iga Top-15 yoki reytingga yaqin jangchilar bilan to'qnash kelaman", dedi Temirov.

U 13 oktyabr kuni Si Jey Vergarani birinchi raundda nokautga uchratgandi.





Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: