Oqshomning ikkinchi asosiy jangida (co main event) ham nokaut qayd etildi.
Unda og'ir vaznli britaniyalik bokschi Fabio Uordli hamyurti Freyzer Klarkka qarshi ringga ko'tarildi.
12 raund etib belgilangan jang ilk raunddayoq yakunlandi va unda Uordli raqibini nokaut orqali taslim etdi.
SHunday qilib, Uordli o'zining 19-jangida 18-g'alabasini nishonladi. Klark esa karerasidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi