SportUz.Net
photo photo

Dmitriy Bivol jang oldidan: "Artur - buyuk chempion!"

11.10.2024 17:54    


Rasmni yuklab olish

WBA yo'nalishi chempioni Dmitriy Bivol Artur Beterbievga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Faoliyatim davomida, hozirgi kunga kelib ham meni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat aytaman. Sizlar shu erga kelishimga yordam berdingiz. Har safar raqibim haqida o'ylaganimda, bor diqqatimni jamlayman. U xech qachon yutqazmagan, u chempion. Artur - buyuk chempion. Unda men istaydigan narsa - kamar bor. 

Unda nafaqat kamar, balki mahorat ham bor. U meni sinovdan o'tkazadi. Qaysi birimiz kuchli ekanligimizga aniqlik kiritib olamiz. Biz ajoyib lager o'tkazdik va barcha scenariyga tayyormiz", - dedi Dmitriy Bivol. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: