SportUz.Net
photo photo

Jeyk Pol Mayk Taysonga 5 mln dollar taklif qildi, shart esa biroz qiyinroq

11.10.2024 17:12    


Rasmni yuklab olish

27 yoshli sport blogeri va bokschi Jeyk Pol afsonaviy Mayk Taysonga 5 million dollar taklif qildi.

"Mayk, agar men bilan to'rt raunddan ortiq jang qilsang, senga qo'shimcha 5 million dollar beraman! Ammo agar bunday bo'lib chiqmasa, unda sen "Men Jeyk Polni yaxshi ko'raman" degan tatuirovka chizdirishing kerak bo'ladi. Kelishdikmi yoki yo'q?" deya Polning so'zlaridan iqtibos keltiradi USA Today nashri.

Pol va Tayson o'rtasidagi jang 15 noyabr kuni Arlington (AQSH) shahrida tashkil etiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: