"Men MMAga qaytdim. Xuddi hech qachon ketmagandek qaytib keldim", dedi Vudli.
2016-2018 yillar davomida yarimo'rta vazn toifasida UFC chempioni hisoblangan Tayron Vudli faoliyati davomida MMAda 19 ta g'alaba, 7 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U MMAdagi so'nggi jangini 2021 yilning mart oyida Visente Lyukega qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan edi.
SHundan so'ng, u boksda Jeyk Polga qarshi ikkita jang o'tkazib, har ikkisida ham imkoniyatni boy berdi.