SportUz.Net
photo photo

Mirazizbek Mirzaxalilovni hakamlar "qarori" evaziga yutgan SHumkov: "G'alabamga shubham yo'q edi"

02.10.2024 09:30    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik bokschi, yarim engil vaznda IBA chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Vsevolod SHumkov so'nggi jangi hamda keyingi rejalari haqida gapirdi.

U 28 sentyabr kuni Boku (Ozarbayjon) shahrida o'tkazilgan IBA CHempionlar oqshomi turnirining markaziy jangida hamyurtimiz Mirazizbek Mirzaxalilovni hakamlarning g'aroyib qarorlari evaziga mag'lub etgan edi. 

"Jangdan keyingi his-tuyg'ular? Jang oldidan va jang davomida juda ko'p ishladim, taktika raqibga yaqqol moslashtirilgani uchun g'alabamga shubham yo'q edi. Men o'zimning g'olib deb elon qilinishimni bilardim. Menga jahon chempioni kamarini taqdim etishganida, albatta, bu juda katta quvonch edi. Men muvaffaqiyatga erishganimdan faxrlandim. Bu butun faoliyatim davomida bir necha marta boshdan kechirgan aql bovar qilmaydigan tuyg'um.

Kamarni qo'lga kiritganim uchun berilgan pullar oilamga sarflanadi. Men kvartirani tartibga solaman, yaqinlarimni sayohatga olib boraman va kelajak uchun ozgina saqlab qo'yaman. 2025 yilda havaskor boksdagi faoliyatimga etibor qaratmoqchiman, chunki Jahon chempionati yaqinlashmoqda. Havaskorlar o'rtasida jahon chempioni bo'lish - mening asosiy maqsadim! Lekin shu bilan birga, men professional boksda tanaffus qilmayman. Navbatdagi jangim 30 noyabr kuni bo'lib o'tadi", dedi SHumkov.

Mirzaxalilov esa avvalroq, IBA rahbari Umar Kremlyovga murojaat qilib, revansh talab qilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: