
Unga ko'ra, o'z janglari bilan muxlislar va tashkilotchilarda yaxshi taassurot qoldirgan Marlon Vera, Deyvi Grant, Mett Braun va "Koreyalik Zombi" nomi bilan mashhur Sen Vu CHoy kafolatlangan gonorariga qo'shimcha ravishda 50 000 dollardan bonus pullari oladigan bo'lishdi.
Marlon Vera va Deyvi Grant "Oqshomning eng yaxshi jangi" nominaciyasi uchun bonusga ega chiqqan bo'lsalar, Mett Braun hamda Sen Vu CHoy chiroyli jangdagi g'alabalari uchun mukofotlanadilar. Bu haqidagi post UFC`ning rasmiy Tvitter sahifasida ham qoldirildi.

Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi