SportUz.Net
photo photo

Murodjon Ahmadaliev Bektemirning bugungi mag'lubiyatiga munosabat bildirdi

20.06.2021 12:40    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, bugun tong tunda professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev AQSHda navbatdagi jangini o'tkazdi.

Ushbu bahsda hamyurtimiz amerikalik tajribali bokschi, chempionlik janglaridagi ishtiroki bilan ko'pchilikka tanish bo'lgan Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko'tarilgan va kutilmaganda o'tkazib yuborilgan qarama-qarshi zarbadan so'ng nokautga uchragan edi.  

Ayni paytda Bektemir bilan birga AQSHning Indio shahrida bo'lib turgan va birgalikda mashg'ulot o'tkazayotgan charm qo'lqop ustamiz, ikki yo'nalishda jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev Bektemirning bugungi mag'lubiyatiga izoh bildirdi. 

"Mag'lubiyat ham, g'alaba ham Allohdan! Bazida kuchlilar ham shunday sinovlardan o'tishiga to'g'ri keladi. Seni nimalarga qodir ekaningni biz yaxshi bilamiz. Insha Alloh, oldinda seni chiroyli g'alabalar kutyapti. Hali bugungi mag'lubiyat g'alabalaring soyasida qolib ketadi", - dedi Ahmadaliev.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: