Mazkur yig'in 28 noyabr - 12 dekabr oylarida Iordaniyada o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Bosh murabbiy Elshod Rasulovga ko'ra, ushbu yig'in 4 oktyabrga qadar davom etadi. SHuningdek, u tog'da jismoniy yuklamalar asosida o'tgan yig'indan so'ng hozirda sportchilarning texnikasini oshirishga ahamiyat berilayotganini qo'shimcha qildi.
Bu uch bosqichli yig'inning ikkinchisi hisoblanadi. Rejaga ko'ra, qita birinchiligi yo'lidagi so'nggi tayyorgarlik yig'ini 5-20 oktyabr kunlariga mo'ljallangan.