
Evloev yarim o'rta vazn toifasida kuchli 10-likdagi jangchi bilan to'qnashishni istayotganini aytdi.
“Dana, men sizga aytdim: agar mening keyingi raqibim kuchli 10-likdan bo'lmasa, men sizning yoningizga boraman. Bu siz uchun yaxshi imkoniyat. Besh kunlik tatildan allaqachon charchadim!" - deb yozdi Evloev Instagramdagi sahifasida.
Avvalroq UFC'ning yarim o'rta vazn toifasi sobiq chempioni Maks Xollouey jarohati tufayli meksikalik Yair Rodrigez bilan jangdan voz kechgani haqida xabar berilgandi.
Deliyani nokautga uchratgan Kortes-Akosta Aspinallga murojaat qildi: "Ortingdan boryapman!"