SportUz.Net

Nokaut bo'lgan bokschida ko'proq: Joshua - Dyubua jangi uchun gonorarlar miqdori elon qilindi

25.09.2024 12:12    


Rasmni yuklab olish

21 sentyabr kuni Londondagi "Uembli" stadionida katta professional boks oqshomi tashkil etilgandi.

Kechaning markaziy jangida Entoni Joshua va Daniel Dyubua IBF kamari uchun o'zaro jang qildi. 

Malum bo'lishicha, ushbu jang uchun Joshua kafolatlangan 8 million dollar olgan. Dyubua esa (nokautli g'alaba uchun bonusni qo'shib hisoblaganda) 4,7 million dollarga ega chiqqan. 

SHuningdek, bokschilar pullik translyaciyalar (PPV) orqali ham pul olishadi. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, Joshua 33,5 million, Dyubua esa 13,5 million dollar atrofida pul oladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: