SportUz.Net
photo photo

Den Xuker Neyt Diasga "vyzov" tashladi

18.06.2021 17:00    


Rasmni yuklab olish

Agar Neyt Dias yaqin uch-to'rt oy ichida oktagonga qaytishni istasa, engil vazn toifasida 8-o'rinni egallab turgan Den Xuker amerikalik mashhur jangchi uchun eng zo'r raqib bo'lishiga amin.

"Bu hayajonli chorlov- muxlislar har doim bu yigitni ko'rishni xohlashadi", - dedi yangi zelandiyalik Sportskee'da nashriga. "O'ylashimcha, Dias unga qanday jang taklif berishimni biladi. Men ushbu jangga munosib baho beradiganlardanman. Men ortga qaytmayman - biz oktogon markazida uchrashamiz, o'limga qadar kurashamiz, kuchlilar g'alaba qozonsin

Xuker 25 centyabr kuni bo'lib o'tadigan UFC 266 musobaqasini jang qilish uchun munosib kecha deb biladi.

"Men allaqachon UFC bilan gaplashib, ularga ushbu kardda jang qilmoqchi ekanligimni aytgan edim, lekin ular menga raqib yo'qligini aytishdi - mening divizionimdagi eng yaxshi jangchilar band yoki jarohat olishgan. Men do'stim Aleksandr Volkanovskiy Brayan Ortega qarshi chempionlik kamarini himoya qiladigan ushbu turnirda kurashmoqchiman

Men ushbu sanani o'zim uchun tanladim. Neyt uch-to'rt oy ichida jang qilmoqchiligini aytdi. Agar u rozi bo'lsa, biz buni qila olamiz. Menda hali raqib yo'q, ammo men ushbu kardda jang qilaman. Agar Neyt rozi bo'lmasa, men har kimga qarshi kurashishga tayyorman".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: