SportUz.Net

"Umar Nurmagomedov O'Melli - Dvalishvili to'qnashuvi g'olibi bilan jang qiladi" - menejer

10.09.2024 18:18    


Rasmni yuklab olish

Umar Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Azizning aytishicha, sportchi SHon O'Melli va Merab Dvalishvili o'rtasidagi jang g'olibi bilan urishadi.

"Umar Nurmagomedov UFC 306 turniriga boradi. U O'Melli - Dvalishvili to'qnashuvi g'olibiga qarshi jang qiladi", - deb yozdi menejer ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

Eslatib o'tamiz, UFC 306 turniri bizning vaqt bilan 15 sentyabr kuni tongda o'tkaziladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: