"Menga greppling qiziq emas. Erda ag'anab yurishni yoqtirmayman. Men turgan holda jang qiladigan insonman. Men kurashchi emasman, birovning qo'lini ushlab otish uslubim emas. MMAga qiziqmayman. Jang qilamanmi? Hech qachon", - deb javob bergan Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri navbatdagi jangini 24 iyul kuni Deontey Uaylderga qarshi o'tkazadi.