"O'zbeklar Olimpiadadagi natijasi bilan butun dunyoni lol qoldirdi, barcha o'zbekistonliklarni tabriklayman", deb yozdi Tuxugov o'zining Instagram storisida.
Eslatish joiz, hamyurtlarimiz yaqinda o'z yakuniga etgan Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlarida 8 ta oltin, 2 ta kumush hamda 3 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 13-o'rinni qo'lga kiritgan edi.
33 yoshli Zubayra faoliyati davomida 27 ta jang o'tkazib, 20 g'alaba, 6 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U avvalroq, Instagram sahifasiga post joylab, muxlislariga "katta sportga qaytsammikan", qabilida savol yo'llagan edi.
Roy Jons Usikni buyuk superog'ir vaznlilar reytingida nechanchi o'rinda ko'rishini aytdi