SportUz.Net
photo photo

Rossiyaga taqiq qo'yganlar AIBAni tekshiradi

16.06.2021 18:00    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi(AIBA) McLaren Global Sport Solutions (MGSS) kompaniyasi bilan Rio olimpiadasidagi korrupcion xolatlarni o'rganish bo'yicha shartnoma imzoladi.

Bu haqda xabar tarqatgan Xalqaro olimpiya qo'mitasi saytining qayd etishicha, mazkur kompaniya mutaxassislari Rossiya sportchilarining doping bilan bog'liq jarayonlarini o'rganganligi va sud-ekspertiza xulosasiga ko'ra, Rossiya sportchilarini xalqaro sport musobaqalarida mamlakat bayrog'i ostida tushishini taqiqlashgan edi.

Kompaniya rahbari Richard Maklarenning fikricha, AIBA rahbariyati bilan kelshuvga binoan, Tokio olimpiya o'yinlarida ishtirok etish va olimpiya boks musobaqalarini boshqarishdan mahrum qilingan xalqaro boks tashkilotini xalqaro olimpiya qo'mitasi oldidagi ishonchsizlik maydonidan chiqarishda o'tgan olimpiya o'yinlaridagi korrupcion jarayonlarni ochib tashlash muhim vazifa hisoblanadi.

2020 yili saylangan AIBA prezidenti U.Kremlev “har qanday holatda ham xalqaro boks tashkiloti olimpiya oilasi oldida, jahon boks xamjamiyati oldida o'z haq-huquqlarini tiklab olishi, noqonuniy hatti-harakatlardan himoyalanib olishi lozim. Yorug' kelajakka etishish uchun eng avvalo utmishdagi tumanli davrlarni yorqinroq ko'rib olishimiz, barcha-barcha noaniqliklarni yuzaga chiqarishimiz, echimini kutayotgan savollarning javobini topishimiz darkor bo'ladi. SHu manoda mustaqil ekspertlar guruhi xolatni o'rganishi kerak, degan fikrga keldik. Bu borada professor Richard Maklarenning jamoasiga ishonamiz”, - deya iqtibos keltirgan.

O'z navbatida MGSS etakchisi Maklaren, uning jamoasiga ishonch bildirganligi uchun AIBA rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, xolis tekshiruvni amalga oshirishda boksga aloqadorlarni hamkorlikka chaqirgan hamda ilk xulosalarni joriy yilning avgust oyi oxirigacha elon qilishini bildirib o'tdi, deyiladi Xalqaro olimpiya qo'mitasi hisobotida.

To'lqin RO'ZIEV.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: