SportUz.Net

Britaniyalik ekspert Hasanboy Do'smatovning ikki karra Olimpiada chempioni bo'lishini taxmin qildi

29.07.2024 18:21    


Rasmni yuklab olish

Britanilik ekspert Teylor O'Xigginsning fikricha, Hasanboy Do'smatov Parij Olimpiadasi chempioni bo'ladi.

"-51 kg vazn toifasida istedodlar ko'pligini hisobga olsak, bu safargi sovrindorlar ro'yxati ham Tokiodagi kabi ko'rinish olishiga ishonib bo'lmaydi. Bundan tashqari, Hasanboy Do'smatov bilan kimnidir taqqoslash qiyin. 

O'zbekistonlik sportchi havaskor boksda dunyodagi eng yaxshisi hisoblanadi, garchi u finalgacha chiqish uchun katta mehnat qilish talab etilsada. 

O'ylaymanki, Do'smatov Parijda barcha yo'lni bosib o'tadi va ikki vazn toifasida Olimpiada chempioni bo'ladi", - dedi Xiggins. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: