SportUz.Net
photo photo

Tayson Fyuri: "Bu safar Uaylder ettinchi raundga bormaydi"

15.06.2021 10:00    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri Deontey Uaylderga qarshi uchinchi jang haqida fikr bildirdi.

"Bu safar u yaxshiroq harakat qiladi degan umiddaman. Ikkinchi jangimiz bir tomonlama bahs bo'lgandi, menga haqiqiy jang kerak. U uchinchi jangga rozi bo'ladi deb o'ylamagandim, lekin adashganimni isbotladi. U nega bunday qarorga kelganini bilmayman. U yana sharmanda bo'lmoqchi yoki katta pul uchun ringga ko'tarilmoqda. Deontey meni mag'lub eta olmasligini yaxshi biladi. Uchinchi jangimiz eng tez tugagan bahs bo'ladi. Bu safar Uaylder ettinchi raundga qadar etib bormaydi",-dedi Tayson.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: