SportUz.Net
photo photo

Aka-uka Pollar dunyoni hayratga solmoqda: ular boks va UFC afsonalarini rom qildi, promouterlar esa g'azablanmoqda

12.06.2021 17:20    


Rasmni yuklab olish

Floyd Meyvezer va Logan Pol o'rtasidagi jangdan so'ng bir necha kun o'tdi, ammo u haqida avvalgidan ham ko'proq gapirishmoqda.

Buning ajablanarli joyi yo'q: ochiq jang va taxmin qilingan cirk ajoyib va murosasiz qarama-qarshilikka aylanib ketdi.

Ammo eng muhimi "YouTuber" hayratda qoldirdi, hatto bunday kurashni ashaddiy tanqidchilari ham tan olishdi: Logan Pol shunchaki yomon emas, balki haqiqatan ham yaxshi kurashchi. U akasi Jeyk bilan boksni butunlay o'zgartirib yuborganga o'xshaydi. Buning yaxshi yoki yomonligini aniqlaymiz.


Ko'pchilik aka-uka Pollar boksni obro'sizlantirganiga ishonmoqdalar, ammo aslida buning aksi. Bu uning o'ziga xosligi

Jangdan bir necha kun o'tib blogger g'alaba qozondimi? Pol shunday kuchlimi yoki Meyvezer avvalgidek emasmi? Revansh bo'ladimi? Ushbu YouTuber’lar haqiqiy jahon chempioni bo'lishlari mumkinmi? Floyd Meyvezerning Menni Pakyaoga qarshi jangidan keyin ham bunday holat bo'lmagan. Meyvezer - Konor jangidan so'ng shunga o'xshash narsa yuz berdi, ammo, albatta, bunday hayajon yo'q edi.


Bunday savollar zamonamizning asosiy bokschilari: Kanelo, Lomachenko, Usik, Pakyao yoki Joshuaning janglaridan so'ng berilmaydi. Bundan ham ko'proq: odamlar ularga umuman ahamiyat bermaydilar, ularni qiziqtirmaydi. Ammo qandaydir sababga ko'ra aka-uka Pollarning janglari hatto, hech qachon boks ko'rmagan ayollarni ham qiziqtiradi. Va nima uchun? Javob oddiy. CHunki har birimiz o'zimizni Jeyk va Logan Pollar o'rnida bemalol tasavvur qila olamiz. Bir necha yil oldin siz qo'lqop kiymagan bo'lsangiz ham, Meyvezer bilan o'n millionlab dollar uchun kurashdan voz kechasizmi?

Deyarli butun hayoti davomida jang qilishga hech qanday aloqasi bo'lmagan odam endi o'z davri va yaqin o'tmishning eng yaxshi bokschisi bilan kurashdi. Bu ajoyib. Buning uchun boksni sevish kerak va uni obro'sizlantirish haqida jar solmaslik kerak.

Bunday janglar uni obro'sizlantirmoqda deganlar shunchaki boshqa bir narsani bilishmaydi: aka-ukalar futbol, basketbol, xokkey va ehtimol, kyorling sport turida bu qadar mashxur bo'lishi mumkin emas edi. Negaki, bu erda malum bir baza kerak: bolalikdan bu bilan shug'ullanish lozim, hech bo'lmaganda asosiy jamoaning o'yinida zaxira sifatida chiqish uchun, bola maktabidan ikkinchi jamoaga qadar barcha darajalarni bosib o'tishi talab etiladi. Agar siz yuqorida sanab o'tilgan sportga, masalan 15 yoshda kelgan bo'lsangiz, shunchaki viloyat miqyosida chiqish imkoniga ega emassiz. Biz o'zimizni Messi va Ronaldu bilan rasmiy o'yinda bir maydonda, Lebron va Karri bilan basketbol maydonida ular bilan bir xil darajada tasavvur qila olmaymiz. Boks bunday imkoniyatni taqdim etadi va bu biz uni yanada ko'proq sevishimiz kerak. Pollar boksni ommalashtirishda hozirgi yulduzlarga qaraganda ancha ko'p ish qilishdi. Ali, Freyzer va Taysonni afsona sifatida biladigan yuqori avlod muxlislari buni qabul qilishlari juda qiyin. Paradoks shuki, ular bugun boks o'lgan deb karnay chalayotgan birinchi odamlardir.

Ammo aka-ukalarning eng ashaddiy tanqidchilari ham ularning janglari hozirgi yulduzlar ishtirokidagi janglarni tomosha qilishdan ko'ra yaxshiroq ekanligi haqida bahslashishlari ehtimoldan yiroq emas. Uy qog'ozi chempionlarini tomosha qilish hech kimni qiziqtirmaydi. SHu manoda aka-ukalar boks olamida musaffo havo nafasidir.



MMA va boksning asosiy promouterlar bloggerlarni shafqatsiz tanqid qilmoqda. Ular odatiy hasaddan yaratilgan dinozavrlarga o'xshaydi

Logan Pol va Floyd Meyvezer o'rtasidagi jangdan so'ng eng qiziq narsa - qancha odam pullik translyaciyani sotib olgani va hatto ularning har biri necha million olishi haqidagi malumotni kutish emas, balki jangchilar va promouterlarning reakciyalarini o'qish edi. Bashorat qilinganidek, birinchisi UFC bosh murabbiyi Dana Uaytning fikri edi:

“Bu boksga o'xshamasdi. Ammo bunday janglar uchun doimo talab bo'ladi. Bunday jangni tomosha qilish uchun har doim 50 dollar to'lashga tayyor odamlar bo'ladi. Agar Kim Kardashyan Amanda Nunes bilan jang qilmoqchi bo'lsa, nima bo'lishini tasavvur qila olasizmi? Sizningcha, bu jang qay darajada yaxshi bo'lar edi?”

Birinchidan, Dana promouter sifatida Amanda Nunes va Kim Kardashyan o'rtasidagi kurash bloggerning Meyvezerga qarshi jangidan ko'ra ko'proq qiziqish uyg'otishini tushunishi kerak. Darvoqea, Nunes allaqachon socialistni kurashga chorlagan. Ikkinchidan, masalan, CM Pank (UFC’ga restlingdan kelgan), Meyvezer bilan jang qilgan o'sha Konorni eslamaydi. Ehtimol, birinchisi UFC dunyosi uchun uning Poliga aylana olmagan, ikkinchisi Uaytga shaxsan katta pul olib kelishga muvaffaq bo'lgan.


UFC’ning yangi yulduzi Frensis Ngannuning fikrlari bunga juda mos keladi:

“0:1 hisobi qayd etilgan Logan Pol shou-boks bahsida 20 million dollar ishlab topdi, deb o'ylash aqlga sig'maydi. Biz nima qilyapmiz?”

Javob ham aniq. Undan Polga qarshi 20 millionlik jangga rozi bo'ladimi yoki yo'qmi deb so'rashning hojati yo'q, hatto buning uchun Uaytni, UFC’ni va umuman barcha MMA’ni uzoq abadiyatga yuborishingiz kerak edi. Axir u hech qachon Meyvezer bilan “cirk”ning 8-raundida bloggerdan ko'proq pul ishlay olmaydi.  Uaytning jamoasidagi Jo Rogan va Daniel Korme shouning barcha ishtirokchilari o'rtasida shlyapalarini echishdi. Bu borada hech kim bahslashmaydi. Gap bu erda emas, balki ommaga qanchalik qiziq ekanligi haqida. Buning hammasi yaxshi yoki yomonligini aytish kerak emas. Bu shunchaki oddiy.



Ammo Uayt promouterlar dunyosining boshqa giganti - Bob Arumdan ustun keldi:

“Bu qandaydir hazil. Bu fars. Men 50 dollardan kam haq to'lamagan bo'lar edim, hatto buning uchun 5 cent ham to'lamagan bo'lardim. Biroq jangda hech kim bu ishi qilmadi, chunki hammasi scenariyda yozilgan edi”.


Dekabr oyida Bob 90 yoshda to'ladi va u faqat Ali, Forman va De La Xoyya, Meyvezerning karerasini yaratdi. Arum 60-yillarda yaxshi natijalarga erishdi va hozirda qilayotgan asosiy narsa - bu pulni hisoblash. Agar u ushbu jangni tashkil qilishda ishtirok etganda edi, har bir intervyusida bu boks uchun naqadar yorqin va ajoyib ekanligini aytar edi. Bularning barini to'g'ri tushunadigan odamlar esa: vaqt bir joyda turmaydi. Kecha bazi bir qahramonlar bor edi, bugun boshqalar. Va buning hech qanday yomon joyi yo'q deb aytishadi. Uayt va Arum bu yo'lda eng oddiy hasadgo'y dinozavrlarga o'xshaydi. 


Boks afsonasi Jorj Forman Meyvezer - Pol to'qnashuvini mukammal tasvirlab berdi:

“Eng etiborli tomoni shundaki, menga ushbu ko'rgazmali janglar raqobatbardosh janglar deb ataladigan narsalarga qaraganda ko'proq yoqishni boshladi, chunki bu janglarda o'yin-kulgi mavjud emas. Meyvezer shinavandaga aylandi. Buni qachon ko'rgandik? Va Pol bunday jeblari bilan xuddi Uilt CHemberlenga o'xshaydi. Bu yoqimli.

Bu yigitning jozibali narsasi bor, bilmayman, bu qaerdan. Ammo men hayratda qoldim. Mana, men Olimpiadaning oltin medali sovrindori, ikki karra jahon chempioniman va bu jangning bir soniyasini ham o'tkazib yubormadim. Bir daqiqaga ham chalg'ishga qo'rqdim. Bu men uchun hayratlanarli oqshom bo'ldi. Men buni tasavvur qilmaganman. Menga ishoning. Bazilar: “Men televizorni o'chiraman”, dedi. Men televizorda qoldim, chunki Meyvezer uni har qanday soniyada nokautga uchratishi mumkin deb o'ylardim, keyin bolakay jebdan foydalandi, ustunlik qila boshladi. Unda Meyvezer tajribasi yo'q, lekin u tajribasi tufayli ustunlik qildi.

Arum va Uayt tanqidi? Bilasizmi, dunyoda hamma narsa o'zgarib bormoqda. Agar boshqalar qatorida o'zgarmasangiz, shunchaki ortda qolasiz”

SHubhasiz, biz hammamiz bunday aka-ukalarning bir nuqtada paydo bo'lishini istardik. To'g'ri, jamoatchilik qiziqishi va shov-shuvdan tashqari, juda muhim jihati shundaki, ular ringda oddiy emas, balki haqiqiy jangchilarga o'xshaydi. Buning uchun siz nafaqat YouTube’da yangi videolarni yozibgina qolmay, balki juda ko'p mashq qilishingiz kerak. Aka-uka Pollar va bizning o'rtamizdagi farq faqat shu erda ekanligi aniq.

Sarvinoz RAXMONQULOVA tarjimasi






Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: