"Vada berganimdek, chempionlik kamarini Ukrainaga olib bormoqdaman. Meni juda ko'p inson qo'llab turganidan xursandman. CHempionlikni qo'lga kiritishimga yordam bergan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Doim orzu qiling va o'zingizga ishoning. O'shanda barchasini uddalaysiz",-dedi Amosov.
Eslatib o'tamiz, Amosov bugun Duglas Limani mag'lub etdi va Bellator kamarini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Yaroslav faoliyati davomida 26 ta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan.