SportUz.Net
photo photo

"Zubayra - taxta. Korme - nol". Xabib UFC jangchilaridan iborat futbol jamoasini tuzdi

19.02.2021 14:20    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov tashkilot jangchilaridan iborat futbol jamoasini tuzdi.

“Islom Maxachev Garet Beyl yoki Aren Robbenning prototipi bo'lar edi. Men uni yarim himoyaning chap tomoniga qo'ygan bo'lar edim, sababi doim chap qanotdan xavfli harakat qiladi. Umar Nurmagomedov? Futbolda besh balli tizimda uch qo'yaman. U xafa bo'lishini yoki yo'qligini bilmayman, lekin men uni zaxiraga olib qo'ygan bo'lardim.

Toni Fergyuson? Uning qanday futbol o'ynayotganini bilmayman. Ammo markaziy himoyachini qo'yish mumkin deb o'ylayman. Tagir Ulanbekov? Uni to'p olib keluvchi qilgan bo'lardim. Tagir futboldan ancha uzoq inson.

Korme? U doimo Amerika futbolini tomosha qiladi. uni bu sportda qanday o'ynashini bilmadim, biroq oddiy futbolda nol. Balki uni gavdasini kattaligini hisobga olib darvozaga qo'ygan bo'lardim. Omari Ahmedov? U shubhasiz hujumchi emas. SHu sababli uni himoyaga qo'yaman. 

Zubayra? U - taxta. Uni futbolga olib ketgan taqdirimizda ham biz bilan o'ynamasdan, chetda yugurardi. Yana kimni olib ketasiz? Balki Daren Tilla. Ular uni "Liverpul"ga muxlislik qilishadi deyishadi, ammo men uning qanday o'ynashini bilmayman, yana, Aldo yaxshi o'ynaydi ", - dedi Nurmagomedov UFC Rossiyaning Instagram sahifasida joylashtirilgan videorolikda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: