Tashkilotchilar tomonidan oqshomning prelim kardidan o'rin olgan jang elon qilindi.
Engil vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Azizxon Azimov musobaqa doirasida oktagonga chiqadi. Unga o'sha kuni Qozog'iston vakili Tamerlan Jakenov raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Azizxon Azimov faoliyati davomida 7 ta jang o'tkazib, 4 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. Uning raqibi Tamerlan Jakenov esa ikkita jang o'tkazib, har ikkisida raqiblari ustidan zafar quchgan.
Eslatib o'tamiz, Azizxon Azimov yanvar oyida o'zining so'nggi jangida mag'lub bo'lganidan so'ng, toshkentliklarga murojaat qilib, unga yordam kerakligini aytgan edi.