SportUz.Net

Maxachev va Maddalena o'rtasidagi jangning taxminiy sanasi malum bo'ldi

09.06.2025 15:27    


Rasmni yuklab olish

UFC 320 raqamli turniri Meksikada o'tkazilmasligi malum bo'lgach, musobaqa 4 oktyabr kuni Las-Vegasda tashkil etilishi aytildi.

Turnirning markaziy to'qnashuvi yarim o'rta vazndagi jang — Jek Della Maddalena va Islam Maxachev o'rtasidagi chempionlik to'qnashuvi bo'lishi mumkin.

Avvalroq bunday ehtimol haqida avstraliyalik jangchi — Jek Della Maddalenaning o'zi malum qilgan edi.

"Ehtimol, jang AQSHda bo'ladi. Ular Meksikadagi raqamli turnirni bekor qilishdi va uni oktyabr boshiga ko'chirishdi. Ehtimol, biz u erda jang qilamiz", — degan Maddalena o'z intervyusida.

Oktyabr oxirida Abu-Dabida o'tkaziladigan raqamli turnirda Magomed Ankalaev va Aleks Pereyra jang qilishi haqida gap-so'zlar borligini inobatga olsak, Maxachevning Las-Vegasda jang qilishi ehtimoli katta ekanligini aytish mumkin. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: