SportUz.Net

Merab Dvalishvili taksida avtofalokatga uchradi + FOTO

16.05.2024 15:19    


Rasmni yuklab olish

UFC chempionlik kamariga davogar Merab Dvalishvili 5 ta avtomobil ishtirok etgan yo'l transport xodisasiga uchradi.

Bu haqda gruziyalik aralash yakkakurash ustasining o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bergan.   

"Bu dahshat. Nyu-Yorkka kelganimga bir kungina bo'ldi va shunday syurprizlar meni kutib oldi. Men taksida ketayotgan edim. SHu payt ketma-ket mashinalar kelib urildi. Men orqa o'rindiqda o'tirgandim. Zarba aynan men o'tirgan tomonga bo'ldi. Yaratganga shukur, hech qaerim lat emadi", - dedi Merab. 

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Merab Dvalishvili shu yilning fevral oyida Anaxaymda o'tgan UFC 298 turnirida amerikalik ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu uning ketma-ket qo'lga kiritgan o'ninchi g'alabasi bo'lgandi. Endi u amaldagi chempion SHon O’Melliga qarshi oktagonga chiqishi kerak. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: