SportUz.Net
photo photo

Israel Adesanya Pereyraga qarshi to'rtinchi jangini esladi

27.04.2024 19:57    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC chempioni Israel Adesanya Aleks Pereyraga qarshi to'rtinchi - 2023 yilning aprelida o'tkazgan jangi haqida gapirdi.

"To'g'risini aytsam, u ajoyib jangchi hamda inson. Men uni o'zaro "o'yinimiz"dagi harakatlari uchun hurmat qilaman. Ushbu lahzalar uchun undan minnatdorman, chunki bu orqali men ko'p narsa o'rgandim. SHuningdek, Kelvin Gastellumga qarshi jangdan ham. 

Aleks bilan to'rtinchi jangimiz shunchaki ajoyib bo'lgandi. O'shanda men tushunib etgandim: "Israel, bu erda darajalar bor. Sen yana oldinga borishing mumkin.

Menda uni mag'lub eta olish haqida tushuncha bor edi. Men kimlar uchundir emas, o'zim uchun bir narsalarni isbotlamoqchi edim. Mayamidagi so'nggi turnirda men boshqa poziciyada edim. Buning uchun men lagerda qorong'ulikka kirishga majbur bo'ldim. Meni taniydiganlar o'shanda umuman boshqa odamga aylanganimni aytishgandi", - dedi Adesanya. 

Eslatib o'tamiz, o'sha jangda Adesanya Pereyrani 2-raundda nokautga uchratib, kamarni qaytarib olgandi. Keyin esa sentyabr oyida SHon Striklendga yutqazib, kamardan mahrum bo'lgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: