SportUz.Net
photo photo

Iliya Topuriya: "Bizning jangimiz UFC tarixidagi eng kattasi bo'ladi"

27.04.2024 18:38    


Rasmni yuklab olish

Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya eng engil vazn chempioni SHon O'Melli bilan ehtimoliy jangi haqida gapirdi.

"Bu juda ham qiziqarli to'qnashuv, ammo SHon keyingi jangida g'alaba qozonishiga katta shubham bor. U Merab bilan jang qiladi. Haqiqatan ham Dvalishvili uni shunchaki yakson qilishiga ishonyapman.

Agar SHon Merabni mag'lub eta olsa, u yarim engil vaznda kamar uchun jang qilishga munosib bo'ladi. Jangchi o'z divizionida dominantlik qilsa, unga navbatdagi divizionga ko'tarilishi uchun imkoniyat berilishi kerak.

Xozir uning vaznida chempionlik uchun jang qilishga loyiq bo'lgan davogar bor. Ishonchim komilki, Merab uni engadi. Ammo O'Melli o'z kamarini himoya qila olsa, bizning jangimiz UFC tarixidagi eng katta jangga aylanadi. Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida jang qilsak, bu jang yanada qiziqarli bo'ladi", - dedi Iliya Topuriya.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: