SportUz.Net
photo photo

Rasman. UFC 302 turniridan o'rin olgan navbatdagi jang tasdiqlandi + POSTER

09.05.2024 10:19    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 2 iyun kuni AQSHning Nyu-Jersi shtati, Nyu-Ark shahrida UFC 302 turniri o'tkaziladi.

Tashkilotchlar tomonidan oqshomdan o'rin olgan yana bir jang tasdiqlandi.

Unga ko'ra, rossiyalik o'rta vazn toifasi vakili Roman Kopilov mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan braziliyalik Sezar Almeydaga qarshi oktagonga ko'tariladi.

SHu yilning fevral oyida Romanning 4 ta g'alabali seriyasiga chek qo'yishgandi. O'shanda Entoni Ernandes ikkinchi raundda Kopilovni bo'g'ib qo'ygandi. Ungacha 32 yoshli Roman Alessio Di Kiriko, Punaxili Soriano, Klaudio Ribeyro va Josh Fremdni nokaut evaziga mag'lub etgan edi.

Braziliyalik 36 yoshli Sezar Almeyda esa UFC promousheniga Dana White's Contender Series saralash turniri orqali kelgan. U yakshanba tongida tashkilotdagi debyut jangini o'tkazib, ikkinchi raundda Dilan Budkani texnik nokautga uchratgandi. Unga qadar MMAdagi qolgan janglarida ham zafar quchgan.

Malumot uchun, UFC 302 turnirining markaziy jangi engil vaznda UFC chempioni Islam Maxachev hamda amerikalik davogar Dastin Pore o'rtasida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: