SportUz.Net
photo photo

The Ring P4P reytingi yangilandi. Xeyni reytingni tark etdi, Madrimovning raqibi esa peshqadam

24.04.2024 17:19    


Rasmni yuklab olish

The Ring jurnali vazn toifasidan qatiy nazar eng kuchli bokschilar reytingini yangiladi.

Reyting o'ntaligida o'zgarish yuzaga keldi.

O'tgan yakshanba tongida Rayan Garsiyaga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan Devin Xeyni mazkur reytingni tark etdi.

Hamyurtimiz Isroil Madrimovning bo'lajak raqibi Terens Krouford esa hali hamon dunyoning eng kuchli bokschisi maqomini hech kimga bermay kelmoqda.

1. Terens Krouford

2. Naoya Inoue

3. Aleksandr Usik

4. Saul Alvares

5. Artur Beterbiev

6. Dmitriy Bivol

7. Errol Spens

8. Jervonta Devis

9. Jessi Rodriges

10. Junto Nakatani.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: