SportUz.Net
photo photo

37 yoshli Joze Aldo chempionlik kamarini ko'zlayapti

06.05.2024 12:38    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC chempioni Joze Aldo kecha Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tgan UFC 301 turnirida oktagonga muvaffaqiyatli tarzda qaytgandi.

Jangdan keyin braziliyalik tajribali aralash yakkakurash ustasi engil vazn (61 kg) toifasi kamari uchun oktagonga chiqish istagida ekanini yashirmadi. Aldo tashkilotdan keyingi jangini chempionlik uchun qilib berishlarini so'radi.   

"O'z vatanimda o'tgan raqamlangan UFC turnirining bir bo'lagi bo'lganimdan xursandman. Bu erda bo'lishimning o'zi katta omad. Boisi, tashkilot rahbarlari bilan yanvar oyida muzokara olib borganimda, ularda Rioda turnir o'tkazish rejasi yo'q edi. Menimcha, men navbatsiz chempionlik kamari uchun jang qilishim kerak. Nega? CHunki ketayotgan paytimda reytingim yaxshi bo'lgan. Agar navbatsiz kamar uchun jang qilsam, zo'r ish bo'lar edi. Kichik tanaffusdan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytaman. Yangi chorlovlarni qabul qilishga tayyorman", — dedi Aldo.

Eslatib o'tamiz, Aldo UFC 301 turnirida hakamlarning yakdil qarori bilan amerikalik Jonatan Martinesni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: