Kojomkul nomidagi sport saroyida bo'lib o'tgan Sobiq Ittifoq Qahramoni Duyshenkul SHopokov xotirasiga bag'ishlangan musobaqada mezbonlardan tashqari O'zbekiston, Qozog'iston, Tailand, Eron, Rossiya kabi o'ndan ziyod davlatdan bokschilar ringga ko'tarildi.
O'z tarxida 46-marotaba tashkil etilgan turnirda O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Yakunda bokschilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza, jami 10 ta medalga sazovor bo'lishdi.
G'olib va sovrindor bokschilarimiz:
Oltin medal
-71 kg: Safarbek Abumutalipov
Kumush medallar
-57 kg: Mirzabek Mirzaxalilov
-71 kg: Kamron SHukurjonov
Bronza medallar:
-48 kg: Husanboy Mirsaidov
-54 kg: Ziyovuddin Alijonov
-57 kg: Sanjar Vahobov
-67 kg: Mamurjon Hamidullaev
-71 kg: Bekzod Hamidov
-86 kg: Madumar Bahromov
-92 kg: Elyorbek Jo'raboev
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor