SportUz.Net

Nursulton Ro'ziboev navbatdagi jangi oldidan o'z fikrlarini bildirdi

18.02.2021 19:20    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro'ziboev 20 fevral kuni Rossiyada navbatdagi jangini o'tkazadi.

"Open Fighting Championship" kechasida Ro'ziboev ukrainalik Bordan Kotlovyanovga qarshi oktogonga chiqadi.

Sportchi www.olamsport.com sayti uchun o'zining jang oldi fikrlarini bildirib o'tdi:

“Jang oldi holatim yaxshi. Raqibim "stoyka"da yaxshi urishadigan sportchi. Biz ham mana shu jihat ustida ishladik. Xudo xohlasa, 20 fevralda g'alaba qozonishga harakat qilaman. Mashg'ulotlarda asosan kurashga, chidamlilikka alohida etibor qaratdik. Jangda raqibni 1 daqiqacha o'rganib olgandan keyin kurash usulidan foydalanib ko'rmoqchiman. Raqib kuchli bo'ladimi yoki kuchsiz - har doim ikki sportchilarning imkoniyati teng bo'ladi. Qaysi biri ko'proq harakat qilib, mashg'ulotlarni yaxshi qilgan bo'lsa, tajribaga qarab taktikani to'g'ri tanlay oladi. Meni fikrim ikkimizning imkoniyatlarimiz 50/50", - dedi Nursulton Ro'ziboev. 

Xurshida Abdikulova suhbatlashdi




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: