SportUz.Net
photo photo

Bugun uch nafar o'zbekistonlik bokschi Rossiyada ringga chiqadi (Barcha malumotlar)

20.04.2024 16:38    


Rasmni yuklab olish

Bugun Rossiya Federaciyasining Ufa shahrida joylashgan "Salavat Yulaev muz saroyi"da boks bo'yicha "IBA CHempionlar oqshomi" musobaqasi o'tkaziladi.

Musobaqaning markaziy jangi rossiyalik Artur Subxankulov hamda Ruminiya vakili Jeyms CHereji o'rtasida kechadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnirda uch nafar hamyurtimiz - Bobousmon Baturov, Azizbek Abdug'ofurov hamda Ulug'bek Sobirov ham ringga chiqadi.

Super o'rta vazn toifasida 10 raundlik jang: Azizbek Abdug'ofurov - Leon Antonyan (Rossiya)

O'rta vaznda 8 raundlik jang: Ulug'bek Sobirov - Pavel Sosulin (Rossiya)

Yarim o'rta vaznda 6 raundlik jang: Bobousmon Baturov - Danis Gabdrafikov (Rossiya).

Janglar kechasi Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Musobaqaning to'liq kardi bilan tanishing:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: