SportUz.Net
photo photo

Breaking! O'zbekistonlik taniqli jangchi kutilmaganda UFC'ni tark etdi

03.05.2024 00:57    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Mahmud Muradov UFC'dan ketdi.

Bu haqda Rossiyaning Vestnik MMA nashri xabar bermoqda.

Hozircha Muradovning nima sababdan UFC'ni tark etgani malum emas. Hamyurtimizning o'zi ham bu xabarga munosabat bildirganicha yo'q.

Malumot uchun, Mahmud Muradov 2019-2024 yillar davomida UFC'da ettita jang o'tkazib, 4 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat qayd etdi. Muradovning so'nggi jangi o'tkazilmagan deb topildi. Sportchimizning UFC'dagi faoliyati davomida jami 8 ta jangi bekor qilingan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: