SportUz.Net
photo photo

UFC Mashrabjon Ro'ziboevga jang taklif qilgan

02.05.2024 17:38    


Rasmni yuklab olish

UFC'dagi o'zbekistonliklar soni yana bittaga ko'payish arafasida turibdi.

Bu haqda Nursulton Ro'ziboev intervyularining birida malum qildi.

«Ukam Dominance MMA bilan shartnoma imzoladi. Yaqin kunlarda - mening jangimgacha yoki jangimdan keyin AQSHga boradi. Yaqinda unga «zamena»ga jang taklif qilishdi. Men menejerlarning qo'ng'irog'iga kech javob berdim. 11 may kuniga polshalik jangchiga raqib qidirishgan. Men 10 soatdan keyin telefonimni ko'rib javob beribman. Lekin ular bu oraliqda boshqa odam topishgan. Balki o'sha vaqtda javob berganimda ukam hozir UFC'da bo'lardi. AQSHga borib olganidan keyin, har qanday vaqtda jang berilishi mumkin», - dedi Nursulton Ro'ziboev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: