SportUz.Net
photo photo

Isroil Madrimov ilk bor Terens Krouford bilan ehtimoliy jangga munosabat bildirdi + FOTO

20.04.2024 15:57    


Rasmni yuklab olish

Superyarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov Instagram sahifasiga yangi post joyladi.

Bokschimiz ilk bor yarim o'rta vaznda WBC, WBA, IBF, WBO, The Ring kamarlari sohibi Terens Krouford bilan ehtimoliy jangga munosabat bildirdi.

"Qiroldan tojni olish vaqti keldi! SHer O'zbek yo'lbarsiga qarshi. Men tayyorman, kel, buni amalga oshiramiz", deb yozgan Madrimov o'z sahifasida.

Avvalroq, nufuzli ESPN nashri ham Isroil Madrimov o'z kamarini 3 avgust kuni Terens Krouforddan himoya qilishi haqida xabar bergan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: