SportUz.Net
photo photo

Rasman. Jamal Xill qisqa muddat ichida UFC'dagi keyingi jangini o'tkazadi. Uning raqibi va jang sanasi tasdiqlandi + POSTER

20.04.2024 14:19    


Rasmni yuklab olish

29 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena" majmuasida UFC 303 turniri o'tkaziladi.

Tashkilotchilar ushbu turnirdan o'rin olgan yana bir jangni omma etiboriga havola qilishdi.

Unga ko'ra, yarim og'ir vazn toifasida Liganing sobiq chempioni, reytingda uchinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Jamal Xill turnir doirasida hamyurti, reytingning oltinchi pog'onasidagi Xalil Rauntri bilan to'qnash keladi.

Esingizda bo'lsa, Xill o'tgan hafta o'tkazilgan UFC 300 turnirining markaziy jangida yarim og'ir vazn chempioni, Aleks Pereyraga nokaut bo'lgan edi.

Malumot uchun, UFC 303 turnirining markaziy jangi ikkita vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor hamda amerikalik Maykl CHendler o'rtasida kechadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: