SportUz.Net
photo photo

Xollouey Topuriyaga javob qaytardi: "Haqiqiy BMF shart qo'ymaydi"

19.04.2024 19:38    


Rasmni yuklab olish

Maks Xollouey Iliya Topuriyaning so'zlariga javob qaytardi.

Avvalroq Topuriya agar o'rtada BMF kamari turmasa, Xolloueyga qarshi jang qilmasligini aytgandi. 

"Haqiqiy BMF (eng xavfli yigit) bunday demaydi. Haqiqiy BMF "Men bu bilan jang qilmayman..." demaydi. U shart qo'yishga urinib, jangga rozi bo'lmasligini aytmoqda - bu BMF usulida emas. 

BMF duch kelgan odam bilan, istalgan joyda va vaqtda, har qanday vazn toifasida jang qilishi kerak. Boshqachasi mumkin emas", - dedi Xollouey. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: