SportUz.Net
photo photo

Bektemir Meliqo'ziev: "SHanba - "Bully Time!"

19.04.2024 13:38    


Rasmni yuklab olish

Bokschimiz Bektemir "Bully" Meliqo'ziev franciyalik raqibi Per Yuber Dibombega qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Katta boks oqshomida ringga chiqayotganimdan juda xursandman. Menga ishonch bildirgan "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi, uning rahbari Oskar de la Xoyyaga rahmat aytaman. Xudo xohlasa, yaxshi jang ko'rsatib, chiroyli g'alaba uchun harakat qilaman. SHanba - "Bully Time", - dedi Bektemir Meliqo'ziev. 

Eslatib o'tamiz, ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA Inter-Continental kamari sohibi bo'lib turgan charm qo'lqop ustamiz yakshanba tongida franciyalik Per Yuber Dibombe (22-0-1, 12 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Bo'lajak jangda Meliqo'ziev o'ziga tegishli kamarni himoya qiladi. 

Malumot uchun, Nyu-Yorkda o'tadigan katta boks oqshomining markaziy jangi birinchi yarimo'rta vazn toifasi chempionligi uchun Devin Xeyni va Rayan Garsiya o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu prof boks oqshomi DAZN PPV pullik platformasida translyaciya qilinadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: