SportUz.Net
photo photo

CHendler: "Men Makgregorni shunday mag'lub etaman-ki, balki uni qaytib oktagonda ko'rmassiz"

18.04.2024 15:19    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida Bellator ligasi sobiq chempioni, amerikalik UFC jangchisi Maykl CHendler bo'lajak jangi haqida gapirdi.

U 29 iyun kuni UFC'ning ikkita vaznida sobiq chempion, irlandiyalik Konor Makgregor bilan to'qnash keladi.

"Bu so'nggi besh yillikning eng zo'r jangi bo'ladi! Konorning Xabibga qarshi jangidan buyon o'tkazilgan eng zo'r to'qnashuv bo'ladi. Makgregorning raqibi Nurmagomedov kabi zo'r demayapman. Axir Xabib - dunyodagi eng zo'r musulmon sportchi. Ammo 29 iyun kuni jangovar sport turlari tarixidagi eng buyuk yulduzning qaytishini ko'rasiz. Men Makgregorni shu darajada dahshatli mag'lubiyatga ucharataman-ki, balki uni boshqa oktagonda ko'rmassiz", dedi CHendler.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: