SportUz.Net

"IBA CHempionlar oqshomi". Mujibillo Tursunov tanzaniyalik bokschiga qarshi ringga chiqdi

14.04.2024 18:57    


Rasmni yuklab olish

Toshkentda davom etayotgan "IBA CHempionlar oqshomi"da prelim kard janglari davom etmoqda.

Biroz oldin musobaqaning uchinchi jangi nihoyasiga etdi.

Jangda yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Mujibillo Tursunov hamda Tanzaniya vakili Juma CHoki o'zaro to'qnash keldi.

6 raundlik jang to'liq davom etdi. Qarama-qarshilikda charm-qo'lqop ustamiz Mujibillo Tursunov hakamlarning yakdil qarori ila o'z g'alabasini tantana qildi.

Avvalroq, Aloxon Abdullaev va Iqboljon Xoldarov ham o'z janglarida raqiblaridan ustun kelgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: