SportUz.Net

"IBA CHempionlar oqshomi". Iqboljon Xoldarovning qozog'istonlik raqibiga qarshi jangi to'liq davom etdi

14.04.2024 18:19    


Rasmni yuklab olish

Poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida katta boks bayrami bo'lmoqda.

Musobaqaning ikkinchi jangi ham o'z yakuniga etdi.

Unda o'rta vazn toifasidagi charm-qo'lqop ustamiz Iqboljon Xoldarov (5-0-0) Qozog'iston vakili Raxmonqul Sag'adat (8-5-0) bilan to'qnash keldi.

6 raund etib belgilangan mazkur jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan vakilimiz Iqboljon Xoldarov o'z g'alabasini nishonladi.

Bu oqshomning ikkinchi jangi edi. Avvalgi to'qnashuvda hamyurtimiz Aloxon Abdullaev Jargal Otgonjargalni beshinchi raundda nokautga uchratgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: