«Eng zo'rlarga qarshi jang qilishni istayman. Agar Golovkinga qarshi ringga ko'tarishga imkon bo'lsa, buni qabul qilaman. Men eng kuchlilarga qarshi to'qnash kelishga tayyorligimni ko'rsatdim»,-dedi Saul Alvares.
Malumot uchun, Kanelo va Golovkin o'zaro ikki bor bahs olib borishgan. Birinchi jangda durang qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi bahsda meksikalik ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan.